Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroilning G‘aza sektoriga uyushtirgan hujumlarida 21 falastinlik halok bo‘ldi

A A A
Isroilning G‘aza sektoriga uyushtirgan hujumlarida 21 falastinlik halok bo‘ldi

26 iyun kuni ertalab Isroil armiyasi tomonidan G‘aza sektoriga qilingan havo hujumlari oqibatida kamida 21 falastinlik halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida bolalar va gumanitar yordam kutayotgan tinch aholi vakillari ham bor.

Bemorlarni qabul qilgan shifoxonalar manbalariga ko‘ra, Shayx Ridvon mahallasida joylashgan «Amr bin al-As» maktabi Isroil aviasiyasi tomonidan bombardimon qilingan. U yerda vaqtincha joylashtirilgan ko‘chirilgan aholi bor edi. Hujum natijasida 9 kishi halok bo‘ldi.

Shuningdek, G‘azaning markaziy qismidagi Nesarim gumanitar koridori yaqinida, yordam kutayotgan fuqarolarga ham hujum qilindi. Ushbu hodisada 3 falastinlik nobud bo‘ldi.

Kiritildi: 17:53 26.06.2025. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!