Isroil 1967 yilda Golan tepaliklarini bosib oldi va 1981 yilda mintaqani anneksiya qildi.
AQShdan tashqari xalqaro hamjamiyatning aksariyati bu hududni Suriyaning bir qismi va Isroil uni noqonuniy bosib olmoqda, deb hisoblaydi.
Isroil bosh vaziri Netanyaxu bu harakat zarur ekanini, go‘yoki Asad rejimiga sodiq bo‘lgan Suriya harbiylari hududdan chiqib ketganini, bu esa «Isroil va Suriya o‘rtasida 1974 yildagi kuchlarni ajratish kelishuvining barbod bo‘lishini» anglatishini davo qildi.
Netanyaxuning aytishicha, Isroil qo‘shinlarining harakati vaqtinchalik bo‘lib, faqat yangi kelishuv tuzilmaguncha davom etadi.
«Agar Suriyada paydo bo‘layotgan yangi kuchlar bilan qo‘shnichilik va tinch munosabatlar o‘rnata olsak, bu bizning xohishimiz», - deya qo‘shimcha qildi u.
Quddusdagi matbuot anjumanida u «Ammo buni qilmasak, biz Isroil davlati va Isroil chegarasini himoya qilish uchun hamma narsani qilamiz», dedi.
Ammo keyin u «Golan abadiy Isroil davlatining bir qismi bo‘lib qoladi», deb ham qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil armiyasi Suriyaga tegishli bo‘lgan Golan tepaligini noqonuniy ravishda bosib olgan va Suriyaga yanada ko‘proq hujumlar uyushtirmoqda.