Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroilning bir qator munisipalitetlari rahbarlari ochlik e’lon qildi

Isroilning bir qator munisipalitetlari rahbarlari ochlik e’lon qildi

Isroilning bir qator munisipalitetlari rahbarlari bosh vazir Benyamin Netanyaxu siyosatiga norozilik bildirib, ochlik e’lon qildi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu ochlik e’loniga Kfar Saba va Gersliya shaharlari merlari, shuningdek, Yuqori Jaliley va Shaar Xa-Negev mintaqaviy kengashlari rahbarlari qo‘shilgan. Ular o‘z aksiyalarini Netanyaxuning Quddusdagi qarorgohi oldida o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb yozadi gazeta.

Ochlik Netanyaxu mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan sud-huquq islohotlariga ochiqchasiga qarshi chiqqan Mudofaa vaziri Yoav Galantni ishdan bo‘shatganidan keyin boshlandi.

Kiritildi: 03:35 27.03.2023. O'qildi: 1799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!