Turkiya bilan harbiy mojaro yuzaga kelishi mumkin va Isroil armiyasi bunga tayyor bo‘lishi kerak, deb yozadi The Jerusalem gazetasi Nagel qo‘mitasi hisobotiga tayanib.
Qayd etilishicha, harbiy mojaroga Turkiyaning Usmonlilar imperiyasini tiklash istagi sabab bo‘lishi mumkin. Anqara Suriya guruhlari bilan birlashib, mintaqadagi beqarorlikni kuchaytirish uchun ulardan foydalanishi ehtimoli bor. Erdo‘g‘onning siyosati Isroil manfaatlariga dushman va Eron tahdididan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Nagel qo‘mitasi Isroil hukumatiga Turkiya bilan mojaroga tayyorgarlik ko‘rish uchun F-15 qiruvchi samolyotlari, yonilg‘i quyish samolyotlari, sun’iy yo‘ldoshlar va dronlarni sotib olishni tavsiya qilgan. Iordaniya vodiysi bo‘ylab chegaralarni mustahkamlash va havo hujumidan mudofaa tizimlarini mustahkamlash zarur.