Garovga olingan Isroil fuqarolaridan olti nafarining jasadi topilishi ortidan Tel-Avivda ommaviy norozilik va tartibsizliklar sodir bo‘ldi. Namoyishlarda qatnashgan 29 kishi hibsga olindi.
Bu haqda Isroil polisiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvda ishtirok etgan, yo‘llarda harakatni to‘sib qo‘ygan, jamoat tartibini buzgan.
“Hozir barcha yo‘llar namoyishchilardan tozalandi, harakat asta-sekin tiklanmoqda”, deya qo‘shimcha qildi polisiya.