Isroilda urushdan charchash kuchayib bormoqda, o‘lganlar soni ortib, jangovar harakatlar kengaymoqda.
Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi.
"Isroillik harbiy zahiradagilarning ko‘pchiligi urushda qatnashmaslikni afzal ko‘ryapti, bu esa armiya uchun askarlar yetishmovchilgini yuzaga keltiryapti", deb yozadi nashr.
The Washington Post ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasidagi harbiy xizmatchilar soni G‘azodagi urush boshlangan paytdan beri qariyb 15 foizga kamaygan.