Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroilda ishkal: Netanyaxu Isroil xavfsizlik xizmati rahbarini ishdan bo‘shatishni taklif qilmoqda

Isroilda ishkal: Netanyaxu Isroil xavfsizlik xizmati rahbarini ishdan bo‘shatishni taklif qilmoqda

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu yakshanba kuni hukumatga Umumiy xavfsizlik xizmati boshlig‘i rahbari Ronen Barni ishonchni yo‘qotgani uchun ishdan bo‘shatish taklifini kelgusi hafta taqdim etishini aytdi.

"Isroil fuqarolari, biz o‘z mavjudligimiz uchun urush - yetti frontda urush boshida turibmiz. Har qanday vaqtda va ayniqsa, bunday ekzistensial urush paytida bosh vazir Umumiy xavfsizlik xizmati rahbariga to‘liq ishonch bildirishi kerak", — dedi bosh vazir videomurojaatida.

Netanyaxu vaqt o‘tishi bilan Ronen Barga nisbatan "kuchli ishonchsizlik" paydo bo‘lganini aytdi.

"Ishonchsizlik davom etayotgani sababli, men shu hafta hukumatga Ronen Barning Umumiy xavfsizlik xizmati rahbari sifatidagi vakolatini tugatish bo‘yicha taklif kiritishga qaror qildim", — deya xulosa qildi Netanyaxu.

Kiritildi: 00:35 17.03.2025. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!