Isroilda ommaviy namoyishlarning yangi seriyasi bo‘lib o‘tdi , minglab fuqarolar G‘azo sektorida 400 kundan ortiq garovga olinganlarni ozod qilishni talab qilishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda .
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, eng yirik namoyish Tel-Aviv sharqida bo‘lib o‘tgan. Namoyishchilar bayroqlarni ko‘tarib, garovga olinganlarni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytishdi. Isroilliklar Benyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumatning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qildi .