Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil yil oxirigacha lazerli Iron Beam havo hujumidan mudofaa tizimini joylashtirmoqchi

Isroil yil oxirigacha lazerli Iron Beam havo hujumidan mudofaa tizimini joylashtirmoqchi

Isroil Mudofaa vazirligi mamlakat yil oxirigacha yuqori quvvatli lazerga asoslangan Iron Beam (“Temir nur”) havo mudofaa tizimini joylashtirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, Iron Beam sentyabr oyida ekspluatasiya sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlagan va dunyoda birinchi bo‘lib jangovar sharoitda ishlashga shay lazerli tutib olish tizimi maqomini olgan.

Quvvati 100 kilovatt bo‘lgan lazerli qurol nishonlarni soniyalar ichida yo‘q qilish imkoniga ega. Shu bilan birga, u an’anaviy raketa tutib oluvchi tizimlariga nisbatan bir necha barobar arzon tushishi ta’kidlanmoqda.

Bir necha hafta davom etgan sinovlar chog‘ida Iron Beam raketalarni, dronlarni va boshqa turdagi havo nishonlarini muvaffaqiyatli tutib oldi va yo‘q qildi. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, tizim jang sharoitiga yaqinlashtirilgan vaziyatlarda ham “aniq va ishonchli” ishlashni namoyish etgan.

Bayonotda quyidagilar qayd etilgan:

“Isroilda mavjud tizimlar raketalar va ballistik nishonlarni tutib olishda 90–95 foiz samaradorlikka ega bo‘lsa-da, dronlar va pastdan uchuvchi uchuvchisiz apparatlarga qarshi samaradorlik ayrim hollarda 50 foiz atrofida. Yangi lazer esa aynan kichik, sekin va yerga yaqin balandlikda uchadigan nishonlarni yo‘q qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan.”

Kiritildi: Bugun 13:19. O'qildi: 142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!