Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil XAMASning yuqori martabali yetakchisi o‘ldirilganini e’lon qildi

Isroil XAMASning yuqori martabali yetakchisi o‘ldirilganini e’lon qildi

G‘azo shahridagi "sirli tun" operasiyasida Isroil armiyasi XAMASning yuqori martabali yetakchisi Raad Sa’adni o‘ldirdi.

Ynet nashrining yozishicha, operasiya Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Israel Kasning roziligi bilan o‘tkazilgan.

Ularga ko‘ra, Raad Sa’ad "7 oktyabr voqealari arxitektorlaridan biri bo‘lgan va yaqinda tashkilotni qayta tiklash ustida ishlagan".

"Sa’ad Isroilga qarshi hujumlarni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan va so‘nggi ikki oy ichida G‘azo shimolida Xamas harbiy kuchini qayta tiklash ishlarini nazorat qilgan", — deyiladi bayonotda.

Isroil armiyasining ta’kidlashicha, u G‘azo sektorida qolgan XAMASning oxirgi yuqori martabali, faxriy amaldorlaridan biri. "U shuningdek, G‘azo shahridagi XAMAS brigadasining asoschisi va rahbari bo‘lgan va anklavda dengiz kuchlarini tashkil etish ustida ishlagan", — deya qo‘shimcha qilgan harbiylar.

Kiritildi: 09:40 14.12.2025. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!