"Bugun G‘azoga kuchli dovul keladi va terror minoralarining tomlari larzaga keladi. Bu G‘azoda ham, xorijdagi hashamatli mehmonxonalarda ham HAMASning qotillari va zo‘rlovchilariga oxirgi ogohlantirishdir. Garovga olinganlarni ozod qiling va qurollaringizni qo‘ying, aks holda G‘azo vayron bo‘ladi va siz halok bo‘lasiz" - deb yozdi Isroil mudofaa vaziri Israel Kas X ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning ta’kidlashicha, Isroil armiyasi reja asosida harakat qilmoqda va mintaqadagi vaziyatni hal qilish uchun operasiyani kengaytirishga tayyorlanmoqda.