Isroil Misr vositachilari orqali Falastinning XAMAS harakatiga G‘azo sektoridagi garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha ikki bosqichli reja taqdim etdi.
Bu haqda Sinxua agentligi nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib yozmoqda.
"Isroil Misr vositachilari orqali Xamasga G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha ikki bosqichli rejani taklif qildi", — deyiladi maqolada.
Shu tariqa, Isroil rejasida Falastin harakati birinchi bosqichda 11 nafar garovga olinganni ozod etishi va 16 nafar halok bo‘lganlarning jasadlarini topshirishi, so‘ngra 40 kunlik sulh imzolanishini nazarda tutadi.
Keyinchalik XAMAS qolgan barcha garovdagilarni ozod qilishi kerak. Manbalarda aytilishicha, Isroil taklifi AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.