Isroil va Xamas 60 kunlik sulhga kelishib oldi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali .
Amerika ma’muriyati, Misr va Qatar kelishuvlarning amalga oshirilishida kafil bo‘ladi.
Al Arabiya ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuvga ko‘ra, Xamas sulhning birinchi va yettinchi kunlarida jami 10 nafar tirik garovga olinganlarni ozod qilish va 18 nafar jasadni topshirishga majbur. Mahbuslarni topshirish ommaviy bayonotlar va marosimlarsiz amalga oshiriladi.
Isroil, o‘z navbatida, sulhning butun muddati davomida harbiy harakatlarni to‘xtatish majburiyatini oladi.