Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad al-Shara Vashington ko‘magida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishga kelishib oldi.
Bu haqda AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barak X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
"Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Suriya prezidenti Ahmad al-Shara AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ko‘magida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldilar, bu kelishuv Turkiya, Iordaniya va uning qo‘shnilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi" - dedi T.Barak.