Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Isroil va dunyo yetakchilari Erdog‘anning Isroilni bosib olish tahdidiga munosabat bildirdi.

Isroil va dunyo yetakchilari Erdog‘anning Isroilni bosib olish tahdidiga munosabat bildirdi.

Erdog‘an Turkiyaning Isroil bilan harbiy mojaroga kirishishi mumkinligiga ishora qildi. Uning aytishicha, Turkiya “Isroilga kirishi” mumkin. Buni Tog‘li Qorabog‘ va Liviyadagi harakatlar bilan solishtirganda:

“Biz Isroil Falastin bilan bu dahshatli ishlarni qilolmasligi uchun kuchli bo‘lishimiz kerak, xuddi biz Liviyaga kirganimiz kabi, ular bilan ham shunday qilishi mumkin", — dedi Erdog‘an Livan va Isroil o‘rtasidagi Golan tepaliklari uchun hujumdan keyin keskinlashgan vaziyatni izohlab.

Isroil tashqi ishlar vaziri Kas X platformasidagi postida Turkiya prezidentini qattiq qoraladi:
“Erdog‘an Saddam Husayn yo‘lidan yurib, Isroilga hujum qilish bilan tahdid qilmoqda, u yerda nima bo‘lganini va u qanday tugaganini eslashi kerak”.

Turkiya TIV bunga javoban “Genosid Gitlerning umriga zomin bo‘lgani kabi, Netanyaxuning ham oxiri bo‘ladi”, — deb javob berdi.

“Nasist jinoyatchilar javobgarlikka tortilganidek, falastinliklarni yo‘q qilmoqchi bo‘lganlar ham jazolanadi. Insoniyat falastinliklarni qo‘llab-quvvatlaydi. Siz falastinliklarni yo‘q qila olmaysiz”, — deya qo‘shimcha qildi departament.

Isroil muxolifati yetakchisi va “Esh Atid” partiyasi raisi Yair Lapid “Prezident Erdog‘an yana xayolparastlik qilyapti. U Yaqin Sharq uchun xavfli”, — dedi. Shuningdek, u NATO tahdidlarni qoralashi va uni “Hamasni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga majbur qilishi” kerakligini qo‘shimcha qildi.

Gollandiyada yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan “Ozodlik” partiyasi rahbari Gert Vilders Prezident Erdog‘anning “butunlay aqldan ozgan”ligini aytib, Turkiyani NATOdan chiqarishni taklif qildi. U Erdo‘g‘onni “islomofashist” deb ham atagan.

Isroildagi 14-kanalda shunday bayonot berildi: “Isroil Erdog‘anni ogohlantirdi: agar tahdid qilsang, seni yo‘qotamiz”.

Kiritildi: 22:58 29.07.2024. O'qildi: 8941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!