Isroil davlati tashkil topgan 1948 yildan keyigi dastlabki yillarda o‘g‘irlangan minglab bolalar uchun hukumat tovon to‘laydigan bo‘ldi. “Evronyus”ning xabar berishicha, Isroil hukumati bolalar o‘g‘irlangani uchun taassuf bildirib, farzandlaridan ayrilgan oilalarning iztiroblarini tan olishini aytgan.
“Isroil davlati go‘daklaridan ajralgan oilalarni tan oladigan va moddiy kompensasiya to‘lanadigan vaqt keldi”, – deyiladi bosh vazir Binyamin Netanyahuning bayonotida. Hukumat rahbari bolalarning o‘g‘irlanishini “Isroil tarixidagi og‘riqli hodisalar” deb atagan.
Hukumatning qaroriga binoan tovon tariqasida 162 million shekel (50 million AQSh dollari) to‘lanadigan bo‘ldi. O‘g‘irlangan farzandining taqdiri noma’lum bo‘lgan har bir oilaga 200 ming shekeldan beriladi.
Isroil davlati tashkil topgan dastlabki yillarda arab va Bolqon davlatlaridan kelgan yahudiy oilalarning farzandlari o‘g‘irlanib, Sharqiy Yevropadagi befarzand yahudiy oilalariga berilgan. Taxminlarga ko‘ra, o‘sha yillarda 5 mingga yaqin bola o‘g‘irlangan.