Isroil AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi.
Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Vengriyalik hamkasbi Peter Siyyarto bilan Budapeshtda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Isroil urushni to‘xtatish bo‘yicha, garovga olinganlarni ozod qilish va HAMAS qurollaridan voz kechishni o‘z ichiga olgan keng qamrovli kelishuvni qabul qilishga tayyor”, — dedi Saar.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp HAMASga “yakuniy ogohlantirish” berib, Isroil G‘azodagi urushni tugatish shartlarini qabul qilganini aytgan edi. Biroq, Tramp qaysi shartlar nazarda tutilganini aniqlashtirmagan.