Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Trampning gapini "bir tiyin"ga olmayapti: G‘azoga kecha uyushtirilgan hujumlar oqibatida halok bo‘lgan soni 55 nafarga yetdi

Isroil Trampning gapini "bir tiyin"ga olmayapti: G‘azoga kecha uyushtirilgan hujumlar oqibatida halok bo‘lgan soni 55 nafarga yetdi

Isroilning G‘azo shahriga bergan havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi.

Bu haqda Al Jazeera tibbiy manbalarga tayanib ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Isroil havo kuchlarining Tuffah mahallasidagi turar-joy binosiga uyushtirgan hujumi oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan. O‘lganlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumlari oqibatida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni bugun 55 kishiga yetdi.

O‘lganlarning to‘rt nafari insonparvarlik yordami xodimlari ekanligi ta’kidlangan.

XAMAS bilan yaqinlashib kelayotgan bilvosita muzokaralar va AQSh prezidenti Donald Trampning Falastin harakatining G‘azo uchun taklif qilingan tinchlik rejasiga ijobiy munosabat bildirishi ortidan bombalarni vaqtincha to‘xtatish haqidagi chaqirig‘iga qaramay, Isroil armiyasi anklavga zarba bermoqda.

Kiritildi: 09:30 05.10.2025. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!