Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil TIV: "Madlin kemasi qirg‘oqqa ketmoqda, yo‘lovchilar o‘z mamlakatlariga qaytariladi"

Isroil TIV: "Madlin kemasi qirg‘oqqa ketmoqda, yo‘lovchilar o‘z mamlakatlariga qaytariladi"

Bortida 12 nafar Falastin tarafdori faollari bilan G‘azo sektori qirg‘oqlariga yo‘l olgan Madlin kemasi Isroil qirg‘oqlariga yo‘l olmoqda va uning yo‘lovchilari o‘z vatanlariga qaytishlari kutilmoqda.

Bu haqda Isroil tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

"Mashhurlar"ning selfi-yaxtasi eson-omon Isroil qirg‘oqlariga yo‘l oldi. Uning yo‘lovchilari o‘z vatanlariga qaytishlari kutilmoqda", — deyiladi TIV X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Bayonotda, shuningdek, bortdagi faollar, jumladan Greta Tunberg ham “ommaviy axborot vositalarida provokasiya uyushtirishga uringani” va ularning yagona maqsadi “jamoatchilik e’tiborini jalb qilish” bo‘lgani, buning dalili sifatida kema bortida gumanitar yuklarning kamligi ham ta’kidlangan. "G‘azo sektoriga yordam yetkazishning Instagram selfilariga aloqasi bo‘lmagan yo‘llari bor. Yaxtasida bo‘lgan oz miqdordagi yordam haqiqiy gumanitar kanallar orqali G‘azoga o‘tkaziladi", - deya aniqlik kiritdi TIV.

Avvalroq Isroil TIV kemada bo‘lganlar G‘azo aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatmaslik, OAVning “e’tiborini jalb qilmoqchi” ekanini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 09:55 09.06.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!