Isroil Mudofaa vazirligi lazer asosidagi “Temir nur” havo hujumidan mudofaa tizimi yaqin oylarda foydalanishga topshirilishini bildirdi, deya xabar bermoqda nashr.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, uzoq masofali lazerli qurol tizimi Isroil janubida bir necha hafta davomida sinovdan o‘tkazilgan. Bu turdagi qurol yordamida raketalarni, minomyot snaryadlarini va turli dronlarni tutib qolish mumkinligi aytilmoqda.
"Yuqori quvvatli lazer tizimi Isroilda mavjud raketaga qarshi mudofaa tizimlariga qaraganda ancha arzon", deya yozmoqda The Jerusalem Post.
Isroil avval ham qisqa masofali va past quvvatli lazerli havo mudofaa tizimlaridan foydalangan. Lazer qurollari hozirda AQSH, Rossiya va Buyuk Britaniya kabi dunyoning turli davlatlarida faol ishlab chiqilmoqda yoki allaqachon qurollanishga qabul qilingan.