Tehron — Isroil so‘nggi kunlarda Eron poytaxtidagi yuqori lavozimli shaxslarga yo‘naltirilgan hujumlarini davom ettirmoqda. Clash Report nashriga ko‘ra, Tehronning shimoliy qismidagi raketa hujumi mahalliy rasmiylardan biri yashaydigan uyga to‘g‘ri kelgan.
Hozircha jabrlangan yoki halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Isroil tomoni bu hujum bo‘yicha rasman izoh bermagan.
🗣 Shu bilan birga, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z bayonotida ta’kidladiki, u “Erondan to‘liq taslim bo‘lishni kutadi” va “hech qanday muzokaralarga tayyor emas”.
Ushbu bayonot mintaqadagi keskin vaziyat fonida berilgani va diplomatik yechim imkoniyatlarini yanada murakkablashtirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.