Isroil Eron hududida joylashgan strategik nuqtalarga navbatdagi havo hujumlarini amalga oshirdi. Eronning ISNA agentligi xabariga ko‘ra, zarbalar Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi Ilxchi hududi va Tebrizdagi Shahid Medeni xalqaro aeroporti atrofida amalga oshirilgan.
Aeroport yaqinida joylashgan radiolokasiya ob’ektlari nishonga olingan;
Ardabil shahrida raketa qurilmasiga zarba berilgan;
Tehrondagi turar-joy manzili ham zarbaga uchragani haqida xabarlar bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu hujumlar Isroil tomonidan Eronning harbiy va strategik infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan keng ko‘lamli operasiyaning bir qismi sifatida amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Isroil va Eron o‘rtasidagi nizo yanada kuchayib, ikki davlat bir-birining hududiga havo va raketalar orqali hujumlar uyushtirmoqda.
Hujumlar bo‘yicha Isroil tomoni hozircha rasmiy bayonot bermagan.