Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas Iordaniya bilan chegarada imkon qadar tezroq xavfsizlik devori qurishga chaqirdi.
Tashqi ishlar vazirligi rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida tegishli bayonot bilan chiqdi.
"Isroil-Iordaniya chegarasida xavfsizlik devori tezda qurilishi kerak", deb yozgan Kas.
Uning so‘zlariga ko‘ra, devor Falastin hududlariga Eron qurollari kirib kelishining oldini olish uchun zarur.