Isroil mudofaa armiyasi (SAHAL) bo‘linmalari Suriya bilan chegaradagi bufer zonada va Xermon tog‘ining Suriya tomonida qoladi, dedi yahudiy davlati mudofaa vaziri Israel Kas.
"Isroil mudofaa armiyasi Xermont tog‘i cho‘qqisida va bufer xavfsizlik zonasida [Suriya janubida] qoladi," - deb yozdi u X sahifasida.
2024 yil dekabr oyida Suriyada hokimiyat almashganidan so‘ng, Isroil armiyasi o‘z kuchlarini janubdagi arab respublikasi bilan chegaradagi bufer hududga joylashtirdi. O‘shanda Isroil harbiylari qarshiliksiz Golan tog‘idagi Xermon tog‘ tizmasining Suriya tomoni ustidan nazorat o‘rnatdi.