Isroil armiyasi sulh bitimi kuchga kirganidan beri uni 497 marta buzdi. Natijada 342 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 875 kishi yaralandu. Bu haqda G‘azo sektoridagi hukumat matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilgan buzilishlar orasida: tinch aholiga, uy-joylarga va qochqinlar lagerlariga qaratilgan o‘q uzishning 142 holati, vaqtinchalik “sariq chiziq”dan o‘tishga urinishning 21 holati, artilleriya, aviasiya va yer usti zarbalarining 228 holati, 100 ta uy va tinch aholi ob’ektlarining portlatib yuborilishi mavjud.
❕ Yaqinda Isroil armiyasi “sariq chiziq”ning sharqida hujumlarni yana kuchaytirib, keng hududlarni vayron qildi hamda yaqin atrofdagi hududlarni tinch aholi uchun juda xavfli holatga keltirdi.
2023 yil oktyabridan beri Isroil armiyasi G‘azoda qariyb 70 000 kishini o‘ldirgan, 170 mingdan ortiq odamni yaralagan va eksklavni xarobaga aylantirgan.