Eronning Isroil shimoliga raketa hujumlaridan so‘ng bir qator isroillik siyosatchilar Tehronga qarshi qat’iy harbiy javob berishga chaqirdi.
Sobiq bosh vazir Naftali Bennet hozirgi vaziyatni mamlakat uchun muhim sinov deb atab, ramziy yoki cheklangan javob Isroilning zaifligi sifatida qabul qilinishi mumkinligini bildirdi. U hukumatni qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi.
Madaniyat va sport vaziri Miki Zohar esa Isroil mudofaadan hujumga o‘tishi kerakligini ta’kidladi. Sobiq mudofaa vaziri Avigdor Liberman ham Eronning strategik infratuzilmasiga zarba berish zarurligini aytdi.