Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil muzokaralar paytida G‘azoni elektrsiz qoldirdi! HAMAS Isroilni "shantaj"da aybladi

Isroil muzokaralar paytida G‘azoni elektrsiz qoldirdi! HAMAS Isroilni "shantaj"da aybladi

Isroil Qatardagi o‘t ochishni to‘xtatish muzokaralari oldidan G‘azoda elektr ta’minotini uzib qo‘ydi.

Bugun Isroil muzokarachilari Dohaga borishi kutilmoqda, Misr, Qatar va AQSh vositachilari o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini qayta tiklashga urinmoqda.

HAMAS Isroilning G‘azo markazi va janubidagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi asosiy chuchuklashtirish zavodida elektr ta’minotini uzish harakatini qoralab, Isroil hukumatini "arzimas va qabul qilib bo‘lmaydigan shantajda" aybladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp elchisi HAMASning isroillik asirlarni ozod qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralari "juda samarali" bo‘lganini aytib, "bir necha hafta ichida G‘azoda vaziyat o‘zgarishi mumkinligini" qo‘shimcha qildi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning G‘azoga qarshi urushida 48 467 falastinlik halok bo‘lganini, 111 913 kishi jarohatlanganini tasdiqladi. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab falastinliklar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini kamida 61 709 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:15 10.03.2025. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!