Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Eron oliy rahbari Ali Xomeneyning har qanday vorisi "so‘zsiz nishonga olinadi va yo‘q qilinadi" deb aytdi.
Bu haqda Kas ommaviy axborot vositalari intervyusida aytib o‘tdi.
"Eron tomonidan Isroilni yo‘q qilish, Qo‘shma Shtatlar, erkin dunyo va mintaqaviy mamlakatlarga tahdid qilish va Eron xalqiga zulm o‘tkazish rejasini davom ettirish uchun tayinlangan har qanday rahbar so‘zsiz nishonga olinadi va yo‘q qilinadi", dedi Kas o‘z bayonotida.
"Uning ismi nima yoki qayerda yashirinishi muhim emas", deb qo‘shimcha qildi vazir.
U shuningdek, Isroil "rejim salohiyatini yo‘qotish va uni ag‘darish uchun sharoit yaratish" maqsadida Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda harbiy operasiyalarni davom ettirish niyatida ekanligini ta’kidladi.