Agar Eron yahudiy davlatining Livandagi harakatlari yoki boshqa biron bir sababga ko‘ra Isroilga hujum qilsa, Isroil to‘liq kuch bilan javob qaytaradi.
Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Isroil armiyasi kursantlari uchun o‘tkazilgan bitiruv marosimida ma’lum qildi.
U Isroil kuchlari Livan, Suriya va G‘azo sektoridagi xavfsizlik zonalarida hech qanday vaqt cheklovlarisiz qolishda davom etishini aniqlik kiritdi. Kas Isroil aholisi va jamoalarini qurolli guruhlardan himoya qilish uchun harbiy mavjudlikni saqlab qolish zarurligini ta’kidladi.
"Biz Isroilning eng yuqori xavfsizlik manfaatlari - askarlarimiz va fuqarolarimizni himoya qilishdan voz kechmaymiz. Biz xavfsizlik zonalaridan chekinmaymiz", deb ta’kidladi vazir.