Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil Misrni tinchlik kelishuvlarini buzganlikda aybladi

Isroil Misrni tinchlik kelishuvlarini buzganlikda aybladi

Isroil hukumati Misrning Sinay yarim orolida harbiy infratuzilmani mustahkamlash harakatlarini tanqid qilib, Kemp-Devid tinchlik kelishuvlari shartlarining buzilgani haqida ogohlantirdi.

Isroil xavfsizlik manbalariga ko‘ra, Misr demilitarizasiya qilinishi shart bo‘lgan hududda harbiy istehkomlar barpo etib, mojarolar yuzaga kelgan taqdirda Isroilning operasiyalariga to‘sqinlik qiladigan to‘siqlar qurmoqda. Mazkur harakatlar xalqaro shartnomalarga zid ekani ta’kidlanmoqda.

Biroq Qohira bunday ayblovlarni rad etib, o‘z hududiy yaxlitligi va xavfsizligini himoya qilish uchun bunday choralar zarurligini qayd etmoqda. Misr hukumati vakillari terrorizm tahdidlari ortib borayotganini, shu sababli Sinayda xavfsizlik mustahkamlanishi kerakligini ta’kidladi.

Isroilning tanqidi o‘zining ham bir necha bor kelishuvlarni buzgani fonida jamoatchilik e’tiborini tortmoqda. Ayniqsa, Filadelfiya koridoridagi harbiy operasiyalar Kemp-Devid kelishuvlariga zid harakatlar sifatida tan olingan edi. Misrning hozirgi strategiyasi aynan shunday qonunbuzarliklarga javob sifatida baholanmoqda.

Siyosiy tahlilchilar fikricha, Isroilning bu tanqidi uning Misr tomonidan ehtimoliy hujumlarga qarshi ko‘rayotgan tayyorgarliklaridan qoniqmasligini aks ettiradi.

Kemp-Devid kelishuvlari bo‘yicha uzoq yillik tinchlikni ta’minlash muhim vazifa bo‘lib qolmoqda, ammo bu kelishuvlarning qayta ko‘rib chiqilishi zarurati haqidagi savollar ham kun tartibiga chiqishi mumkin.

Kiritildi: 21:46 06.01.2025. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!