Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) mart oyida G‘azoda harbiy operasiya o‘tkazish rejasini ishlab chiqqan, ammo uni faqat Qo‘shma Shtatlarning roziligi bilan amalga oshirish mumkin.
Vashington G‘azo bo‘yicha sulhning ikkinchi bosqichini boshlashga urinmoqda, bu bosqich HAMASni qurolsizlantirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu muzokaralarning muvaffaqiyatiga ishonmayapti va armiyaga harbiy reja tayyorlashni topshirgan.