Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil Livanga bostirib kirish bilan tahdid qilmoqda

Isroil Livanga bostirib kirish bilan tahdid qilmoqda

O‘tgan hafta kuchli o‘qqa tutilgan Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagari Isroil Hizbullohga qarshi quruqlikdan hujum boshlashi mumkinligini aytib chiqdi. Uning iddaosicha, qarshilik harakatining kuchayib borayotgan hujumi sionistlarni shunga "majbur qilyapti". Ma’lumot uchun, oldinroq ishg‘olchi davlat Livan guruhi qo‘mondonlaridan biri Tolib Abdullohni o‘ldirgandi. Qarshilik harakati bunga javoban bosqinchilarga qarata 200 dan ortiq raketa uchirdi.

Livandan davom etayotgan hujumlar Isroilni Hizbullohga qarshi quruqlikdan operasiya boshlashga majbur qilyapti. Bu haqda o‘tgan hafta kuchli o‘qqa tutilgan Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagari aytib o‘tdi.

"Hizbullohning kuchayib borayotgan hujumi bizni Livan va butun mintaqa uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kengroq miqyosdagi eskalasiyaga undayapti", degan Hagari.

May oyi boshidan beri Hizbulloh va Isroilning chegara bo‘ylab to‘qnashuvlari kuchaydi. Ishg‘olchi davlat o‘tgan hafta Livan guruhi qo‘mondonlaridan biri Tolib Abdullohni nishonga oldi va u jangovar harakatlar paytida sionistlar tomonidan o‘ldirilgan Hizbullohning eng yuqori martabali amaldori hisoblanadi.


Bunga javoban Hizbulloh Isroil shimolida yirik raketa hujumi uyushtirdi – 12 iyun kuni bosqinchilarni 200 dan ortiq raketalari bilan dovdiratib qo‘ydi.

Shundan so‘ng BMTning Livan bo‘yicha maxsus koordinatori Janin Xennis-Plasshert va BMT tinchlikparvar kuchlari rahbari Aroldo Lazaro vaziyat keskinlashganidan "chuqur xavotirda" ekanliklarini bildirdi.

AQSh rasmiylari ham Isroil va Livan o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanishi ehtimolidan qo‘rqyapti. Jumladan, ikki tomonni murosaga chaqirish uchun AQSh prezidenti Jo Baydenning katta maslahatchisi Amos Xoxshteyn Bayrut va Tel-Aviv sari yo‘l oldi.

Kiritildi: 23:45 18.06.2024. O'qildi: 2157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!