Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil Livanda yangi “strategik hududlar”ni egallash uchun quruqlik amaliyotini boshlamoqda

Isroil Livanda yangi “strategik hududlar”ni egallash uchun quruqlik amaliyotini boshlamoqda

Isroil mudofaa vaziri Israel Kas mamlakat qurolli kuchlari bosh vazir buyrug‘i bilan Livanda «qo‘shimcha strategik hududlarni egallash va hujumni boshlash» topshirig‘ini olganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur harakatlar Isroilning chegaraoldi hududlariga raketa hujumlarini bartaraf etishga qaratilgan.
💬 «Biz Galileya hududlari xavfsizligini ta’minlashga va’da berganmiz va bu amalga oshiriladi», 💬 — dedi Kas.

Eronga berilgan zarbalardan so‘ng Livandagi «Hizbulloh» guruhi Isroil hududiga o‘q uzishni boshlagan. Bunga javoban Isroil armiyasi Bayrut va boshqa shaharlarga zarbalar bermoqda.

Isroil va Livan 2024 yilda AQSh vositachiligida bir yildan ortiq davom etgan to‘qnashuvlardan keyin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ushbu to‘qnashuvlar «Hizbulloh» pozisiyalarini jiddiy zaiflashtirgan.

«Hizbulloh»ning hozirgi hujumlari 2024 yildan beri Isroilga qarshi ilk zarbalar bo‘ldi. Isroilning Bayrut janubiy chekka hududlariga yo‘naltirilgan hujumlari esa 2023–2024 yillardagi mojarodan beri eng ko‘lamlisi hisoblanmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:38. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!