Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil Livanda amaliyotlar boshlanganidan beri 250 dan ortiq Hizbulloh a’zosi o‘ldirilganini aytdi

A A A
Isroil Livanda amaliyotlar boshlanganidan beri 250 dan ortiq Hizbulloh a’zosi o‘ldirilganini aytdi

Isroil mudofaa kuchlarining Livanda to‘rt kundan beri o‘tkazgan reydlari natijasida 250 dan ortiq Hizbulloh jangarisi, jumladan, 20 ga yaqin qo‘mondon yo‘q qilindi.

«Hozirgacha havo va quruqlik kuchlari tomonidan 250 ga yaqin terrorchi yo‘q qilindi. Armiya shuningdek, terrorchilar, terrorchilar infratuzilmasi, harbiy binolar, qurol-yarog‘ omborlari va raketa otish moslamalari kabi 2 mingdan ortiq nishonlarga zarba berdi», — deyiladi armiya telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, «cheklangan, mahalliylashtirilgan, maqsadli reydlar» davomida beshta batalyon komandiri, o‘nta rota komandiri va oltita vzvod komandiri yo‘q qilingan.

Kiritildi: 08:15 05.10.2024. O'qildi: 1057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!