Isroil harbiylari Livan janubidagi "Hizbulloh" nishonlariga qarshi yangi zarbalar berdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati e’lon qildi.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar "Hizbulloh"ning Livan janubidagi xavfsizlik zonasi deb ataladigan hududda Isroil askarlariga ikkita dron uchirishiga javoban amalga oshirildi. Hech bir askar jarohat olmadi.
Shundan so‘ng, Isroil armiyasi Livan janubida yana zarbalar berdi.