Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil hukumati Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yana 19 ta yahudiylar aholi punkti qurishni ma’qulladi

Isroil hukumati Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yana 19 ta yahudiylar aholi punkti qurishni ma’qulladi

Bu haqda Isroil moliya vaziri, o‘ta o‘ng qarashli “Diniy sionizm” partiyasi rahbari Besalel Smotrichning idorasi xabar berdi.

Mazkur tashabbus Besalel Smotrich va Isroil mudofaa vaziri Israel Kas tomonidan ishlab chiqilgan. Shu tariqa, xalqaro huquq normalariga zid ravishda G‘arbiy sohilda barpo etilgan yahudiylar aholi punktlari soni 69 taga yetadi.

AFP'ning yozishicha, ma’qullangan 19 ta aholi punktidan 5 tasi allaqachon mavjud, ammo hozirgacha Isroil qonunlari bo‘yicha rasman tan olinmagandi. Yana ikkitasi esa yigirma yil avval buzib tashlangan, endi esa qaytadan tiklanadi.

Smotrichning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam Falastin davlatini tuzishning oldini olishi kerak, chunki Isroil bunday istiqbolni o‘z xavfsizligiga tahdid deb baholaydi.

Isroil 1967 yildagi “Olti kunlik urush” paytida Iordan daryosining G‘arbiy sohili ustidan nazorat o‘rnatgan. Xalqaro huquqqa ko‘ra, ushbu Falastin hududlarida yahudiylar aholi punktlarini qurish noqonuniy hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 12:29. O'qildi: 161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!