Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil hukumati falastinliklarni Sharqiy Quddusdagi uyini buzishga majbur qilmoqda

Isroil hukumati falastinliklarni Sharqiy Quddusdagi uyini buzishga majbur qilmoqda

Isroil hukumati Sharqiy Quddusdagi Bayt Xanina shahrida yashovchi falastinlik fuqaroni o‘z uyini buzishga majbur qildi, deb xabar bermoqda Falastinning Wafa axborot agentligi.

Shanba kuni Raid al-Rajabiy 10 dan ortiq oila a’zolari istiqomat qilgan va 2014 yilda qurilgan qarorgohini buzishga majbur bo‘ldi.

Rasmiylar u ruxsatsiz qurilganini da’vo qilmoqda. Isroil hukumati tomonidan nazorat qilinadigan Quddus munisipaliteti falastinliklarga qurilish ruxsatnomalarini muntazam ravishda rad etadi - ular yo o‘z uylarini buzishga majbur bo‘ladi yoki katta jarimalar bilan birga majburiy buzishlarga duch bo‘ladi.

Isroilning B’Tselem inson huquqlari tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil may va iyul oylari orasida Sharqiy Quddusda 101 ta inshoot buzilib, 137 nafar falastinlik, jumladan, 70 nafar voyaga yetmaganlar boshpanasiz qolgan.

Kiritildi: 16:49 08.09.2024. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!