Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida so‘nggi 24 soat ichida 30 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi.
Bu haqda Falastin anklavining sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
"So‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektoridagi shifoxonalarga 37 nafar halok bo‘lganlarning jasadi yetkazildi, ulardan 5 nafari avvalroq halok bo‘lgan. 136 nafar yarador ham yetkazilgan. Biroq vayronalar ostida va ko‘chalarda hali ham ko‘plab qurbonlar bor, ularga tez yordam va fuqarolik mudofaasi xizmatlari yetib bora olmayapti", - deyiladi xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 18 martdan beri Isroil mudofaa kuchlarining harakatlari 4149 dan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, 12,5 mingga yaqin kishi jarohatlangan.
2023 yil oktyabr oyida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri qurbonlarning umumiy soni 54 418 nafardan oshdi, 124 190 nafari jarohat oldi.