Nashrga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari Livan janubida oldinga siljib, Hizbulloh guruhiga tegishli binolarda Rossiya Federasiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan katta miqdordagi qurol-yarog‘ zaxiralarini topishda davom etmoqda.
Topilgan qurollar orasida 2020 yilda ishlab chiqarilgan va Rossiyaning Suriyadagi omborlari orqali Livan janubiga yetib kelgani taxmin qilinayotgan zamonaviy “Kornet” tankga qarshi raketalari ham bor, deya qayd etadi WSJ manbalari.
"Biz ruslarga bundan buyon isroilliklarga zarar yetkazuvchi “Hizbulloh” va Eronga beriluvchi har qanday yordamga toqat qilmasligimizni tushuntirishimiz va yetkazishimiz kerak. Isroil davlati yanada qat’iy bo‘lishi va o‘z manfaatlarini himoya qilishi kerak", — deya bunga munosabat bildirdi Isroilning Rossiyadagi sobiq elchisi Arkadiy Milman.