Isroil Mudofaa vaziri Israelt Kats Isroil mudofaa kuchlari Livandagi "Hizbulloh" marralariga zarba berayotganini tasdiqladi.
Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.
Katsning so‘zlariga ko‘ra, nishon mamlakat sharqidagi Bekaa vodiysidagi, "Hizbulloh"ning eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi zavodi bo‘lgan. Vazirning ta’kidlashicha, ob’ekt allaqachon Isroil armiyasi tomonidan zarbaga uchragan.
Shuningdek, u guruh jangovar imkoniyatlarini tiklashga urinayotgan boshqa nishonlarga ham hujum qilinganini aytdi.