Bugun 20 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil havo kuchlari G‘azodagi qochqinlar lageriga zarba berdi: 20 kishi halok bo‘ldi

Isroil havo kuchlari G‘azodagi qochqinlar lageriga zarba berdi: 20 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasining blokadadagi G‘azo sektoriga hujumi oqibatida kamida 20 nafar falastinlik, jumladan besh ayol va olti bola halok bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumlari eksklavning markaziy qismidagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi An-Nadi oilasining uyiga qaratilgan.

Shuningdek, hujumga uchragan uy va uning atrofida 46 kishi tan jarohati olgani bildirilmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil samolyotlari uyni tekislagan va yaqin atrofdagi binolar zarar ko‘rgan.

Fuqaro muhofazasi xizmati guruhlari o‘qqa tutilgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

2023 yil 7 oktyabrdan buyon 44612 falastinlik, jumladan 11979 ayol va 17492 nafar bola G‘azo sektorida Isroil genosidi qurboni bo‘ldi, yana 105834 nafari yaralandi.

Minglab falastinliklarning jasadlari vayronalar ostida hamon qolmoqda. Muhim fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, shifoxona binolari va ta’lim muassasalari nishonga olinmoqda.

Kiritildi: 11:43 07.12.2024. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!