Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil havo hujumlarida G‘azo sektori shimolida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

A A A
Isroil havo hujumlarida G‘azo sektori shimolida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiy-havo kuchlari blokada ostidagi G‘azo sektori shimolidagi Jebaliya qochqinlar lageriga zarba berdi va kamida 20 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.

Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari ko‘chirilgan falastinliklar boshpana sifatida foydalanadigan Faxur maktabi hududidagi turar-joylarni nishonga olgan.

Halok bo‘lganlarning aksariyati ayollar va bolalar ekanligi bildirilmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning yirik o‘qqa tutilishi tufayli fuqaro mudofaa guruhlari va shifokorlar voqea sodir bo‘lgan hududga yetib bora olmayapti.

Anklavning shimoliy hududlarida Isroil armiyasining qattiq qamal va ommaviy hujumlari deyarli uch haftadan beri davom etmoqda.

Kechasi, Meshru Beyt Lahiadagi ko‘chirilgan falastinliklarning uyi o‘qqa tutilib, kamida 10 kishi halok bo‘ldi.

Kiritildi: 09:39 28.10.2024. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!