Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari Livan janubidagi Tir shahrida turar-joy binosiga zarba berdi, natijada bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
"Dushman Isroil Tir shahridagi binoga havo hujumi uyushtirdi, natijada bir kishi halok bo‘ldi, yetti kishi yaralandi", — deyiladi bayonotda.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Koyeyla aholi punktiga berilgan havo hujumi natijasida to‘rt nafar tinch aholi jarohatlangan.
Isroilning Livan janubidagi havo hujumlari natijasida jami olti nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi.