Bilvosita muzokaralar chog‘ida vositachilar XAMASga Isroilning guruhning so‘nggi javobiga e’tirozlarini yetkazdi.
Bu haqda Qatarning Al Araby telekanali va Saudiyaning Al Hadath telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Asosiy kelishmovchiliklar Isroil qo‘shinlarining G‘azo sektoridan olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq: Isroil o‘z kuchlarini Filadelfiya koridori va boshqa hududlardan olib chiqishdan bosh tortmoqda. Tel-Aviv, shuningdek, o‘lgan isroillik garovga olinganlarning jasadlarini tirik falastinlik mahbuslarga almashtirishdan bosh tortdi.
Shu bilan birga, Isroilning Walla nashri xabariga ko‘ra, hukumatning yopiq majlisida bosh vazir Benyamin Netanyaxu G‘azo sektoridagi yangi siyosiy va strategik harakat yo‘nalishini taqdim etgan.