Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil HAMAS yetakchilariga G‘azoni tark etishiga ruxsat beradimi?

Isroil HAMAS yetakchilariga G‘azoni tark etishiga ruxsat beradimi?

Isroil garovga olinganlar ozod etilganidan keyin mojaroga barham berish imkoniyatini tan oladi va Falastinning HAMAS harakati yetakchilariga G‘azo sektorini tark etib, boshqa davlatga ko‘chib o‘tishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Hukumat rahbarining tushuntirishicha, Isroil garovga olinganlarni ozod qilish evaziga vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor, biroq XAMAS buni doimiy sulhsiz amalga oshirishdan bosh tortmoqda. Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar to‘xtatilishi HAMASga G‘azo ustidan nazoratni saqlab qolish imkonini beradi va ular go‘yoki «2023 yil 7-oktabrda sodir bo‘lgan qirg‘inlarni takrorlashlari» mumkin bo‘ladi.

Shu munosabat bilan u Falastin harakati rahbariyatini, xususan, HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvarni kelishuvga to‘sqinlik qilayotganlikda aybladi.

«Agar ular so‘zsiz taslim bo‘lib, garovga olinganlarni ozod qilsalar, urush ertaga tugashi mumkin», dedi bosh vazir.

Jurnalistning Isroil HAMAS yetakchilariga «G‘azoni tark etib, Jazoirga yoki boshqa joyga ketishiga» ruxsat beradimi, degan savoliga javoban u «vaqt kelganda buni ko‘rib chiqish mumkin», dedi.

Kiritildi: 08:15 19.06.2024. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!