Xon-Yunusda XAMAS hujumi natijasida sakkiz nafar isroillik askar halok bo‘ldi, umumiy yo‘qotishlar soni ortib bormoqda.
G‘azo sektorida Isroil armiyasi jiddiy yo‘qotishlarga uchradi: seshanba kuni Xon-Yunusda 8 nafar askar halok bo‘ldi. Ulardan yetti nafari XAMAS jangchilari tomonidan mina urilish natijasida bronetransporterda portlatildi.
Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, portlashdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan va uni o‘chirish imkoni bo‘lmagan. Harbiylar yonib halok bo‘lgan. Havo yo‘li orqali qutqaruv operasiyalari samarasiz bo‘lgan, so‘ngra bronemashina evakuasiya qilingan.
Xuddi shu kuni Xon-Yunusda yana ikki isroillik harbiy granatomyotdan qilingan hujumda yaralangan. Ulardan biri og‘ir tan jarohati olgan, deb xabar berdi The Times of Israel.
XAMAS harakati Isroil harbiylariga qarshi bir qator zasadalarni amalga oshirganini tasdiqladi. Oxirgi bir oyda Isroil armiyasi G‘azoda 20 nafar askarni yo‘qotdi. Ularning 8 nafari Puma bronetransportyori portlatilishi natijasida halok bo‘lgan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu halok bo‘lgan harbiylar oilasiga ta’ziya bildirdi. 2023 yil oktyabridan buyon Isroil rasman 879 nafar harbiyning halok bo‘lganini, 6012 nafarining yaralanganini e’lon qilgan.
Xan-Yunusdagi hujum oxirgi oylardagi eng ko‘p yo‘qotishga olib kelgan hodisalardan biri bo‘ldi.
Shuningdek, oktyabr oyida Isroil muxolifati yetakchisi va sobiq bosh vazir Yair Lapid armiya haqiqiy yo‘qotishlar sonini kamaytirib ko‘rsatayotganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroning ilk yilida 890 nafar harbiy halok bo‘lgan, 11 mingdan ortig‘i yaralangan.