Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil G‘azoga gumanitar yordamning yana yetkazilishiga ruxsat berdi

Isroil G‘azoga gumanitar yordamning yana yetkazilishiga ruxsat berdi

Isroil hukumati G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazilishini qayta tiklashga ruxsat berishini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

— Asosiy oziq-ovqat zaxiralari Isroil armiyasining tavsiyasiga ko‘ra ocharchilikning oldini olish uchun yetkazib beriladi, — deyiladi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.

Isroil joriy yilning mart oyi boshidan beri G‘azo sektoriga gumanitar yordamni to‘sib qo‘ygan.

Netanyaxu idorasi gumanitar yordam mavjud kanallar orqali yetkazishda davom etishini, biroq kuzatuvning yangi mexanizmlari ishlab chiqilgunga qadar davom etishini aytdi.

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) va World Central Kitchen gumanitar yordam yetkazib bermoqda.

Kiritildi: 20:38 19.05.2025. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!