Isroil Falastinning HAMAS guruhi bilan bitim tuzish muddatini — AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharqqa 13-16 may kunlariga mo‘ljallangan tashrifi tugaguniga qadar belgiladi. Agar garovga olish masalasi bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, armiya “Gidyon aravalari” deb nomlangan keng ko‘lamli operasiyani boshlaydi, deya xabar beradi Ynet Isroil xavfsizlik kuchlaridagi manbaga tayanib.
Tasdiqlangan rejaga ko‘ra, Rafah hududida gumanitar yordamlarni filtrlash va XAMAS guruhlari mavjudligini oldini olish uchun “steril zona” yaratiladi. Isroil qo‘shinlari XAMASning qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik va G‘azo sektori atrofida bufer zona tashkil etish uchun bosib olingan hududlarda qolish niyatida.