Isroil mudofaa kuchlari XAMAS harakitining qanoti sanalgan Al-Mavasi batalyoni qo‘mondonini o‘ldirildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Isroil XAMAS Al-Mavasi batalyoni bo‘linmasi qo‘mondoni Xalil Abd an-Nosir Muhammad Xatibga zarba berdi va o‘ldirdi", — deyiladi bayonotda.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xalil Abd an-Nosir Muhammad Xatib "terrorchilar bo‘linmasiga 2024 yil 22 yanvar kuni Isroil qo‘shinlari harakat qilayotgan binolarni, shuningdek, Al-Mavasi hududidagi kuchlar xavfsizligini ta’minlagan tank bo‘linmasini tankga qarshi raketalardan otgan, natijada 21 askar halok bo‘lgan".
Departamentning qo‘shimcha qilishicha, "terrorchi Isroil armiyasi askarlariga qarshi ko‘plab hujumlarda ishtirok etgan”.