Isroil mudofaa kuchlari va Shin Bet G‘azo sektorida XAMASning harbiy qanotining ikki qo‘mondonini o‘ldirdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati e’lon qildi.
"Kecha Isroil armiyasi Dayr al-Balah hududida XAMASning Nuhba maxsus kuchlari bo‘linmasi qo‘mondoni Abdulloh Adnan Taha Abu al-Tayefni o‘ldirdi. U 7 oktyabr kuni Isroilga qilingan hujumda ishtirok etgan. Shati hududida o‘tkazilgan alohida operasiya davomida XAMASning Daraj Tuffa bataloni qo‘mondoni Jalol Sabih o‘ldirildi", deyiladi bayonotda.
Isroil harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar yaqinda Isroil armiyasi va Isroil fuqarolariga qarshi terroristik hujumlar uyushtirishga uringan va tahdidni bartaraf etish uchun o‘ldirilgan.